Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio aholisining yarmidan ortig‘i Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilishiga qarshi chiqdi
Iyun boshlarida Belgiya Olimpiya federal qo‘mitasi boshlig‘i Per-Olive Bekers Tokiodagi yozgi Olimpiada o‘yinlari 2021 yilda o‘tkazilishini ma'lum qilgandi.
Tokio aholisining yarmidan ortig‘i 2021 yilgi Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilishiga qarshi chiqdi. Yaponiya OAVning buyurtmasiga asosan o‘tkazilgan so‘rov natijalari ana shundan darak bermoqda.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning 51,7 foizi 2021 yilgi Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilmasligidan umid qilgan. Ularning 27,7 foizi o‘yinlarning butunlay bekor qilinishi, 24 foizi esa keyinroq o‘tkazilishini yoqlab ovoz bergan.
Olimpiada o‘yinlari kelgusi yili o‘tkazilishiga umid bildirganlarning 31,1 foizi tadbir miqyosini qisqartirish va tomoshabinlarsiz o‘tkazish kerak degan fikrda.
So‘rov 26-28 iyun kunlari o‘tkazilgan bo‘lib, unda 1030 kishi qatnashgan.
Iyun boshlarida Belgiya Olimpiya federal qo‘mitasi boshlig‘i Per-Olive Bekers Tokiodagi yozgi Olimpiada o‘yinlari 2021 yilda o‘tkazilishini ma'lum qilgandi.
Mart oyida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi pandemiya sababli Tokio Olimpiadasining 2020 yildan 2021 yilga ko‘chirilishini e'lon qilgandi. Yangi muddatlarga ko‘ra, musobaqalar 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgustigacha bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
08:34 / 19.05.2026
Xorijdagi yoshlar uchun xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
17:15 / 27.04.2026