Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada 2019 yili «shubhali zotiljam holatlari» qayd etilgani ma'lum bo‘ldi
Qayd etilishicha, o‘tgan yil oxirida 40 nafar bemor "noma'lum virus" sababli shifoxonaga yotqizilgan.
Italiyaning Bergamo provinsiyasi sog‘liqni saqlash agentligi (ATS) Alsano-Lombardo shahrida o‘tgan yil noyabrdan joriy yil fevraligacha koronavirusning yengil alomatlari bo‘lgan 110ta shamollash holati yuz berganini aniqladi. Bu haqda askanews agentligi xabar bermoqda.
Yanvar boshlari va 23 fevral o‘rtasida Alsano-Lombardoda koronavirusga dastlabki musbat testlar paydo bo‘lganida shahar shifoxonasida "noma'lum uyg‘otuvchi" qo‘zg‘atgan shamollash bilan bog‘liq 52ta holat qayd etilgan.
Agentlikning yozishicha, "noma'lum uyg‘otuvchi" tibbiy hujjatlarda ilgari ham qayd etilgan: 2018 yil davomida u 196 marta, 2019 yilda esa 256 marta uchragan.
la Repubblica gazetasining yozishicha, o‘tgan yil oxirida 40 nafar bemor "noma'lum virus" sababli shifoxonaga yotqizilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirus yuqtirish holatlari 240 mingdan oshgan, 34,7 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
09:08 / 20.06.2026
Italiya va AQSh o‘rtasida yangi diplomatik mojaro yuzaga keldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026