Jahon | 18:55 / 01.07.2020
2910
2 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha strategiya ustidan tekshiruv o‘tkaziladi

Shvetsiya oliy ma'muriy sudining sobiq raisi Mats Melin boshchilik qiladigan komissiya hukumat va mahalliy hokimiyatlarning koronavirus tarqalishiga qarshi amalga oshirgan choralarini baholaydi.

Foto: Mike Blake / Reuters

Shvetsiya hukumati mamlakatning koronavirus pandemiyasiga qarshi yondashuvini tekshirish bo‘yicha komissiya tuzdi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Yevropadagi aksariyat mamlakatlardan farqli o‘laroq, Shvetsiya koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda mutlaqo boshqacha yo‘l tanladi. Karantin choralari joriy etilmadi, ijtimoiy masofalanish va o‘z o‘zini izolyatsiya qilish esa tavsiyaviy xarakterda bo‘ldi. Ushbu strategiya qo‘shni davlatlardagiga nisbatan o‘lim darajasi yuqori bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Shvetsiya oliy ma'muriy sudining sobiq raisi Mats Melin boshchilik qiladigan komissiya hukumat va mahalliy hokimiyatlarning koronavirus tarqalishiga qarshi amalga oshirgan choralarini baholaydi. Komissiya yakuniy hisobotni 2022 yil fevralda taqdim etadi, ungacha esa ikkita dastlabki hisobot beriladi.

Avvalroq Shvetsiyaning bosh epidemiologi, koronavirusga qarshi kurashning milliy strategiyasi muallifi  Anders Tegnell butun dunyoda joriy etilgan karantin choralarini telbalik deb atagandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid