AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Xitoydan import qilinadigan tovarlarga bojlarni pasaytirişini aytdi, ammo boj stavkasi har qanday holatda ham nolga teng bölmaydi, deb yozdi The Washington Post.
«145 foiz juda köp va yangi tarif u qadar yuqori bölmaydi», dedi Tramp va tariflar «sezilarli darajada past» bölişini, lekin nolga teng bölmasligini aytdi. Tramp şuningdek, Xitoyga nisbatan «juda mehribon» bölişga va Pekin bilan qattiq öynaşmaslikka va’da berdi.
AQŞ fevral oyida Xitoy tovarlariga yangi bojlar joriy qila boşladi va aprel oyining örtalariga kelib tariflar hajmi 145 foizga yetdi. Pekin bunga javoban Qöşma Ştatlar tovarlariga boj tölovlarini 125 foizga oşirdi va ba’zi foydali qazilmalar eksportiga çeklovlar kiritdi. Keyinçalik Oq uy Xitoyni 245 foizlik tariflar haqida ogohlantirdi.
Bundan taşqari, 2 aprel kuni Tramp 200 dan ortiq mamlakat va hududlarga nisbatan boj tariflari joriy etilişini ma’lum qildi. Keyinçalik u 90 kunlik pauzani e’lon qildi, uning davomida 10 foizlik bazaviy stavka qöllaniladi. 22 aprel kuni bölib ötgan brifingda Tramp import tariflarini oşirişning iqtisodiy oqibatlari AQŞda ma’lum muddat sezilişini tan oldi.













