Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston hukumati koronavirus sababli favqulodda holat rejimini to‘rtinchi bor uzaytirmoqchi
Armanistonda favqulodda holat rejimi 13 iyulda nihoyasiga yetadi. Mamlakatda o‘tgan sutkada 330 kishida koronavirus aniqlangan, kasallikka chalinganlar soni 28 936 nafarga yetgan.
Armaniston hukumati koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan favqulodda holat rejimini to‘rtinchi marta uzaytirishni mo‘ljallamoqda.
"Vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimi zo‘riqish rejimida ishlamoqda. Katta ehtimol bilan favqulodda holat rejimi yana bir marta uzaytiriladi", - dedi mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, favqulodda holat rejimi tinimsiz uzaytirilishi mumkin emas va kelgusida favqulodda holat rejimisiz epidemiyaga qarshi me'yorlarni ta'minlashda zarur vositalarga ega bo‘lish uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi.
Armanistonda favqulodda holat rejimi 13 iyulda nihoyasiga yetadi. Mamlakatda o‘tgan sutkada 330 kishida koronavirus aniqlangan, kasallikka chalinganlar soni 28 936 nafarga yetgan.
Yagona axborot markazining ma'lumot berishicha, o‘tgan sutkada sakkiz bemor vafot etgan, jami vafot etganlar soni 650 kishini tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026