Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Andijon» vitse-prezidenti: «Hokim otamiz bo‘lsa, GM – onamiz»
#FootWeek'ning navbatdagi sonini suratga olish uchun ijodiy jamoamiz Andijonda bo‘ldi. U yerda «Andijon» klubi vitse-prezidenti Ma'rufjon Abdusalomov bilan klubning rejalari va bo‘lishi kutilayotgan o‘zgarishlar haqida suhbatlashdik.
Klub rasmiysining ma'lum qilishicha, «Andijon» doimiy homiylarining ko‘magiga qarab qolmoqchi emas va mustaqil ravishda rivojlanish istagida. U klubda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida gapirib, «Andijon» rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tayotganini aytdi.
Abdusalomov viloyatda futbol rivojlanishida Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonovning o‘rni kattaligini aytdi: «Shuhrat Abdurahmonovni otamiz deb bilsak, GM'ni onamiz deb bilamiz», deydi xususan «Andijon» klubi vitse-prezidenti hokimning hudud futboli o‘rnidagi mavqeyini bir so‘z bilan ifodalab.
Ma'rufjon Abdusalomov bilan, shuningdek, «Andijon» olib borgan seleksiya ishlari, legionerlar, ko‘tarma pullar haqida gaplashdik. U bilan suhbatni «Andijon» hamda «Bunyodkor» jamoalarining o‘rinbosarlari o‘rtasidagi o‘yin vaqtida boshlagandik. Suhbatimiz o‘yin tugab, qorong‘u tushguniga qadar davom etdi. #FootWeek navbatdagi sonining asosi bo‘lgan intervyuni tomosha qilsangiz, «Andijon» klubining kelajakdagi rejalari haqida ko‘p narsa bilib olishingiz mumkin.
Shuningdek, #FootWeek'ning yangi sonida yana ko‘plab qiziqarli mulohazalarimizni taqdim etamiz. Xususan, golli uzatma berib charchamayotgan Messi, «gol o‘tkazishni unutgan» Kurtua haqida La Ligadagi rekordlar qismida gaplashamiz. Italiyada koronavirusning ilk o‘chog‘iga aylangan Bergamoda mamlakat futbolining yangi «gol mashinasi» borligi haqida eshitganmisiz? Bilishni istasangiz, ko‘rsatuvni tomosha qiling.
Karantindan keyin raqobatni yo‘qotgan Bundesliga, Interpol aralashgan kelishilgan o‘yinlar mojarosi haqida ham #FootWeek'ning yangi sonida tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026