Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an partiyasi vakili Turkiya parlamenti raisligiga qayta saylandi
Mustafo Shonto‘p uchun 328 nafar deputat ovoz berdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an boshchiligidagi Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Mustafo Shonto‘p mamlakat parlamenti raisligiga qayta saylandi. Bundan parlament a'zolarining ovoz berish natijalari darak bermoqda.
Dastlabki ikki turda nomzodlar ehtimoliy 600 ovozdan kamida 401ta ovoz olishi kerak edi, ammo hech bir nomzod bunga erisholmadi.
Uchinchi turda g‘olib ovozlar sonining ko‘pligi bo‘yicha aniqlandi. Shonto‘p uchun 328 nafar deputat ovoz berdi.
Mustafo Shonto‘p parlament raisligiga 2019 yil fevralda saylangandi.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026