OTBdan 500 mln dollar imtiyozli qarz olish bo‘yicha bitimlar imzolandi
Koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta'sirini kamaytirish uchun Osiyo taraqqiyot banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga 500 mln AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha tegishli bitimlarga imzo chekish jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Moliy vazirligi
O‘zbekistonga imtiyozli qarz ajratish qarori shu yilning 25 iyunida OTB Direktorlar kengashi tomonidan bir ovozdan ma'qullangan edi.
500 mln dollar miqdoridagi qarz mablag‘lari 15 yil muddatga (shundan 3 yil imtiyozli davr), libor (6 oylik, bugungi kunda – 0,4%) + spred (0,5%) yillik foiz stavkasida ajratilmoqda.
Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, jalb qilinayotgan mablag‘lar vazirlik huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi va davlat budjetiga koronavirus pandemiyasi va global inqirozning salbiy ta'sirini kamaytirish choralarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
«Osiyo taraqqiyot banki qarz mablag‘larini ajratishdan avval mamlakatdagi makroiqtisodiy holat, shu jumladan davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xatarlarini tahlil qildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, OTB tomonidan respublika davlat qarzi barqaror va xatarlar past darajada deb baholangan», – deyiladi Moliya vazirligi relizida.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

14:40 / 20.06.2025
O‘zbekistonda tashqi qarz olish limitlariga rioya qilish kerak – XVJ

09:02 / 04.06.2025
Jamshid Qo‘chqorov – energotariflar oshishi, iqtisodiy o‘sish va tashqi qarzlar haqida

15:02 / 27.05.2025
2025 yilning I choragida O‘zbekistonning davlat qarzi 2,2 mlrd dollarga ko‘paydi

22:41 / 24.05.2025