Qarz mablağlari “Özbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarşi şoşilinç çoralar köriş” loyihasini amalga oşiriş uçun 30 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi, deb yozmoqda Norma.

 Ular COVID-19 infeksiyasiga qarşi şoşilinç çoralar köriş uçun milliy soğliqni saqlaş tizimini mustahkamlaş, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş uçun tibbiy buyum, tibbiy texnika va jihozlar sotib oliş, karantin tadbirlari amal qilişi davrida kam ta'minlangan oilalar va işsizlarga vaqtinçalik nafaqalar beriş tizimini kengaytirişga yönaltiriladi.

 Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi (XTU)ning kreditidan samarali foydalanişni monitoring qiliş Vazirlar Mahkamasining Ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat, yoşlar, ma'naviyat va jamoat taşkilotlari, mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş masalalari kotibiyati tomonidan amalga oşiriladi. Soğliqni saqlaş vazirligi va Moliya vazirligi XTU kreditidan maqsadli foydalaniş hamda loyihani samarali amalga oşiriş uçun mas'ul hisoblanadi.

 Mas'ul ijro etuvçi vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlariga tegişliça quyidagilar uçun şaxsiy javobgarlik yuklatildi:

Loyiha doirasida xarid qilinadigan uskunalarni örnatiş va montaj qiliş uçun tibbiyot muassasalarini tayyorlaş;

Loyiha tadbirlarini amalga oşiriş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş;

Loyiha doirasida ijtimoiy nafaqalarning maqsadli va manzilli tayinlanişi hamda öz vaqtida tölanişini ta'minlaş.

 XTU krediti böyiça qarzni tölaş bilan boğliq xarajatlar, şuningdek, komission va boşqa xarajatlar böyiça tölovlar respublika budjetidan qoplanadi.

 Quyidagilar tasdiqlandi:

"Özbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarşi şoşilinç çoralar köriş" loyihasining parametrlari;

"Özbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarşi şoşilinç çoralar köriş" loyihasini amalga oşiriş doirasida Jahon banki tomonidan ajratiladigan qarzni söndiriş hamda qarz böyiça foiz va komissiyalarni tölaşning prognoz jadvali.