Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengaşi Özbekiston Respublikasiga 500 mln. AQŞ dollari miqdorda imtiyozli kredit ajratilişini ma'qulladi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, 2020 yil 25 iyun kuni Osiyo taraqqiyot banki direktorlar Kengaşi Özbekiston Respublikasiga 500 million AQŞ dollari miqdorida imtiyozli qarz mablağlari ajratilişini bir ovozdan ma'qulladi.

Xabarda bildirilişiça, bu mablağlar koronavirus pandemiyasining mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'sirini yumşatiş maqsadida ajratildi.

Osiyo taraqqiyot banki qarz mablağlarini ajratişdan avval mamlakatdagi makroiqtisodiy holat, şu jumladan Davlat qarziga xizmat körsatiş xatarlari tahlil qilindi. Tahlil natijalariga köra, OTB tomonidan Respublika Davlat qarzi barqaror va xatarlar past darajada deb baholangan.