Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni sobiq iqtisodiyot vazirini JST bosh direktorligiga nomzod etib ko‘rsatdi
Foto: Reuters
Tashkilotning amaldagi bosh direktori Robertu Azevedu vakolat muddati kelasi yil tugashini kutmasdan 31 avgustda iste'foga chiqishini e'lon qilgan.
Saudiya Arabistoni Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori lavozimiga qirollikning sobiq iqtisodiyot va rejalashtirish vaziri Muhammad at-Tuvayjiriyning nomzodini ilgari surdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.
Telekanalning qayd etishicha, ushbu lavozim tez orada bo‘shaydi. Sababi, tashkilotning amaldagi bosh direktori Robertu Azevedu 14 may kuni vakolat muddati kelasi yil tugashini kutmasdan 31 avgustda iste'foga chiqishini e'lon qilgandi.
Avvalroq France-Presse (AFP) JST bosh direktorligiga olti nomzod da'vogarlik qilayotgani haqida xabar bergandi. Agentlikning ma'lumotiga ko‘ra, ushbu lavozimga tashkilotning sobiq amaldori, misrlik 67 yoshli Hamid Mamduh, Nigeriyaning sobiq moliya vaziri, 66 yoshli Ngozi Okonjo-Iveala, Keniya sport vaziri, 58 yoshli Amina Muhammad, Koreya savdo vaziri, 53 yoshli Yu Myon Xi, JSt bosh direktorining sobiq o‘rinbosari, meksikalik 73 yoshli Xesus Seade Kuri va Moldovaning sobiq tashqi ishlar vaziri, 37 yoshli Tudor Ulyanovskiy nomzodlari ko‘rsatilgan.
JST bosh direktorligiga da'vogarlar 15-17 iyul kuni bosh kengash yig‘ilishida to‘planadi hamda o‘z dasturlarini taqdim etadi va tashkilotga a'zo mamlakatlar vakillarining savollariga javob beradi.
Mavzuga oid
22:53 / 27.01.2026
Saudiya Arabistoni ulkan Mukaab kubi loyihasini muzlatib qo‘ydi – OAV
14:20 / 24.01.2026
O‘zbekistonda Saudiya Arabistonining yangi elchisi ish boshladi
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026