Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariyada prezident hukumatga qarshi namoyishlarga boshchilik qildi
Bolgariya prezidenti Rumen Radev o‘z yordamchilari hibsga olingandan keyin hukumatga qarshi namoyishlarga boshchilik qildi. 9 iyulda Bolgariya kuch tuzilmalari prezident ma'muriyatida tintuv o‘tkazib, Radevning ikki yordamchisini hibsga olgan.
Amaldagi prezident qo‘llab-quvvatlangan norozilik namoyishlari poytaxt Sofiyada o‘tgan. Namoyishlarda yuzlab odamlar ishtirok etgan.
Bundan bir kun avval prokuratura, ichki ishlar vazirligi, guvohlarni himoyalash byurosi va boshqa idoralar xodimlari Sofiya harbiy sudi va Ixtisoslashgan jinoyat sudi qarori bilan prezident ma'muriyatida tintuv o‘tkazgan.
Jumladan, tintuvlar prezidentning xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ilya Milushev va huquqiy masalalar va aksilkorrupsiya bo‘yicha kotibi Plamen Uzunovning ishchi xonalarida o‘tgan. So‘ngra ularning ikkisi “ta'sirni sotish”da gumon qilinib hibsga olingan. Shuningdek, mamlakatdagi taniqli tadbikor Plamen Bobokov ham ushlangan.
Prezidentning ta'kidlashicha, bunday qat'iy choralarga uning hukumatni va prokuraturani tanqid qilgani sabab hisoblanadi. Shu sababli u prezident ma'muriyati oldidagi maydonda yig‘ilganlarni “ijrochilik hokimiyati va prokuraturadan mafiyani quvish”ga chaqirgan.
Avvalroq Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov prezident Rumen Radevni uning ortidan dron yordamida yashirincha kuzatuv olib borishda ayblagandi. Bosh vazirning fikricha, unga qarshi kompromat hukumat tomonidan tayyorlanayotgan geostrategik rejalarga, jumladan Bolgariyaning yevrohududga va Bank ittifoqiga kirishiga to‘sqinlik qilish maqsadida to‘plangan.
Bolgariya prezidenti va bosh vaziri o‘rtasida mojaro joriy yil boshida boshlangan. O‘shanda prezident hukumat ishonchni yo‘qotganini, chunki fuqarolar manfaati yo‘lida harakat qilmayotgani va davlatni inqirozga boshlayotganini aytgan.
Mavzuga oid
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
14:13 / 02.03.2026
Pokistonda AQSh va Isroilga qarshi namoyishlar: 23 kishi halok bo‘ldi
17:47 / 22.02.2026
Eronda talabalar hukumatga qarshi yangi namoyishlar uyushtirdi
11:52 / 18.02.2026