Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya 15 iyuldan xalqaro aviaqatnovlarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni boshlaydi
Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, aviaqatnovlar COVID-19ga chalinish holatlari 100 ming kishiga 40tadan oshmagan mamlakatlar bilan yo‘lga qo‘yiladi.
Rossiya hukumati 15 iyuldan xorijga parvozlarga qo‘yilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilishni boshlaydi, dedi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova.
"Rossiyada anchadan buyon kasallanish darajasi va yangi koronavirus infeksiyasi aniqlanishi holatlari pasayishi kuzatilmoqda", — dedi u.
Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, aviaqatnovlar COVID-19ga chalinish holatlari 100 ming kishiga 40tadan oshmagan mamlakatlar bilan yo‘lga qo‘yiladi.
U aviatsiya rahbariyatiga muzokaralar boshlash va qaysi mamlakatlar bu ko‘rsatkichga to‘g‘ri kelishini aniqlashni taklif qildi.
COVID-19 pandemiyasi sababli Rossiya 27 martdan boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter aviaqatnovlarni to‘xtatgandi.
Avvalroq bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko chegaralarning ochilishi epidemiologik vaziyatga bog‘liq ekanligini aytgandi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026