Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev amaldorlarni ta'til va dam olishni unutishga chaqirdi
Qozog‘istondagi vazirlar hamda viloyatlar rahbarlari ta'til va dam olishni unutishi va e'tiborlarini pandemiya hamda neft narxining tushib ketishi oqibatida vujudga kelgan muammolarni hal qilishga qaratishlari kerak. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishi chog‘ida aytdi.
"Biz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qiyin bosqichida turibmiz. Hukumat va hokimlarning yanada kuchayadigan inqirozdan chiqish bo‘yicha mohirona harakatlari lozim", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi prezident matbuot xizmati.
"Vazirlar, hokimlar, prezident apparati xodimlari – hech qanday ta'til yo‘q, chunki vaziyat qaltis. Ta'til, dam olish kabi so‘zlarni unuting", - dedi To‘qayev.
U shuningdek, mablag‘ va kuchlarni shubhali strategiya va dasturlarga sarflamaslik kerakligini aytdi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar 54,7 mingdan oshgan, 264 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
20:11 / 01.06.2026
Qozog‘istonda yangi «hokimiyat partiyasi» - «Adolat» rasman ro‘yxatga olindi
20:25 / 29.05.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi» imzolandi
21:18 / 19.05.2026