Jahon | 18:11 / 13.07.2020
4691
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta sutka davomida koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi

Nyu-York sog‘liqni saqlash va ruhiy gigiyena departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, shaharda bugungi kungacha koronavirusdan jami 18670 kishi vafot etgan.

Foto: Angus Mordant/Bloomberg

AQShda koronavirus tarqalishi o‘chog‘iga aylangan Nyu-Yorkda pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta sutka davomida koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Shaharda koronavirusdan o‘lim holati ilk marta 11 martda qayd etilgandi. 7 aprel kuni kasallikdan bir sutkada 597 kishi vafot etdi. Bular bemorning koronavirus yuqtirgani laboratoriyada tasdiqlangan holatlardir.

Nyu-York sog‘liqni saqlash va ruhiy gigiyena departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, shaharda bugungi kungacha koronavirusdan jami 18670 kishi vafot etgan (yana 4613 kishi COVID-19dan o‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo bu testlar orqali tasdiqlanmagan).  

 AQSh koronavirus yuqtirish holatlari qayd etilishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Jons Hopkins universitetining ma'lumot berishicha, 3,3 mln amerikalik kasallikka chalingan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid