Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kanada va Meksika bilan chegaralarini avgust oxirigacha ochmaslikni rejalashtirmoqda
Chegaralarni kesib o‘tishga qo‘yilgan cheklovlar martda kiritilgan, keyin esa bir necha marta uzaytirilgandi.
AQSh hukumati Kanada va Meksika bilan chegaralarni kesib o‘tishga qo‘yilgan taqiqni kamida avgust oxirigacha uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Politico gazetasi xabar berdi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi rasmiy xabar 21 iyulgacha e'lon qilinadi, so‘ngra cheklovlar yana 30 kunga uzaytiriladi.
Chegaralarni kesib o‘tishga qo‘yilgan cheklovlar martda kiritilgan, keyin esa bir necha marta uzaytirilgandi.
Jons Hopkins universitetining ma'lumot berishicha, AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 3,3 milliondan oshgan, 135 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Meksikada kasallik yuqtirganlar soni 300 mingga yaqinlashgan, 35 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Kanadada esa 109 mingdan ortiq holat aniqlangan, 8 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid
17:56
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026