Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 17 yil ichida birinchi marta federal darajadagi jinoyatchi qatl etildi
AQSh adliya vazirligi iyun o‘rtalarida federal darajadagi jinoyatlar (xususan, giyohvandlik moddalari, qurol sotish, odam o‘g‘irlash, bolalar pornografiyasi) uchun o‘lim jazosini ijro etish tiklanganligini e'lon qilgandi.
13 iyul kuni AQShda 2003 yildan beri ilk bor federal darajadagi jinoyati uchun jazoga tortilgan mahkum qatl etildi, deb xabar berdi AP agentligi.
Xabar qilinishicha, Indiana shtatida 47 yoshli Deniel Lyuis Liga nisbatan o‘lim jazosi inʼeksiya orqali ijro etilgan. Unga bir nechta moddalar, jumladan Arkanzasda bir oilaning uch a'zosini o‘ldirganligi uchun hukm chiqarilgandi.
Agentlikning yozishicha, Li ultrao‘ng guruh a'zosi bo‘lgan. U qatl oldidan «Men buni qilmaganman. Sizlar aybsiz odamni o‘ldiryapsizlar» degan.
AQSh adliya vazirligi iyun o‘rtalarida federal darajadagi jinoyatlar (xususan, giyohvandlik moddalari, qurol sotish, odam o‘g‘irlash, bolalar pornografiyasi) uchun o‘lim jazosini ijro etish tiklanganligini e'lon qilgandi. Iyul-avgust oylarida yana uch kishi qatl etiladi.
Mavzuga oid
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026