BMT jahonda ocharchilik bilan bog‘liq vaziyat keskinlashuvini prognoz qilmoqda
2019 yilda 690 milliondan ziyod inson ocharchilik qarshisida qolgan, so‘nggi besh yilda bu ko‘rsatkich 60 million kishiga ko‘paygan. Bu haqda BMTning 13 iyul, dushanba kuni ommaga e'lon qilingan har yilgi hisobotida qayd etilgan.
«Jahondagi oziq-ovqat xavfsizligi va oziqlanish holati» bo‘yicha so‘nggi tadqiqot 2019 yilda 690 millon kishi, 2018 yildagiga nisbatan 10 million kishi ko‘proq ocharchilikka duchor bo‘lganini ko‘rsatmoqda», — deyiladi matbuot relizida.
Qayd etilishicha, to‘yib ovqatlanmaslik holati ko‘proq Osiyo qit'asida qayd etilgan. Hisobotga ko‘ra, Afrikada ocharchilik jahonda eng tez tarqalmoqda.
Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi tufayli jahonda ocharchilik bilan bog‘liq vaziyat yanada keskinlashadi, deb ta'kidlashgan material mualliflari.
«Bunga sabab ocharchilik muammosiga qarshi kurashishda oldinga siljish depsinib qolgani, qolaversa, COVID-19 pandemiyasi oziq-ovqatni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol qilishga ta'sir o‘tkazuvchi barcha faoliyat va jarayonlar tushuniladigan global oziq-ovqat tizimlarining himoyalanmagani va nomuvofiqligi holatlarini kuchaytirgan», — deyiladi matnda.
BMTning baholashicha, 2020 yil so‘ngiga borib pandemiya ortidan kelib chiqqan iqtisodiy inqiroz tufayli 132 million kishi ocharchilik muammosiga ro‘baro‘ kelishi mumkin.
Iyun oyida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish jahon koronavirus pandemiyasi tufayli oziq-ovqat yetishmasligiga duchor bo‘lishi mumkinligini ta'kidlab, shu sababli mamlakatlarni o‘z fuqarolarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashga chaqirgan edi.
Aprel oyi oxirida BMT o‘z vaqtida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash choralari ko‘rilmas ekan, insoniyat Injil davri miqyosidagi ocharchilikka duchor bo‘lishi haqida bayonot bergan edi.
Agar voqealar eng yomon ssenariy bo‘yicha rivojlanadigan bo‘lsa 30 ta davlat ocharchilik balosiga yo‘liqadi, ularning 10 tasida 1 milliondan kishi hozirgi kunning o‘zidayoq to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda, degan BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Devid Bizli.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024