Eronda MRB foydasiga josuslik qilishda ayblanganlardan biri qatl etildi
General Qosim Sulaymoniy haqidagi ma'lumotlarni berishda ayblangan Mahmud Musoviy Majdga nisbatan o‘lim jazosi hozircha ijro etilmagan.
Eronda MRB bilan hamkorlik qilishda ayblangan shaxslardan biri qatl etildi. Bu haqda Eron sud hokimiyati rasmiy vakili G‘ulomhusayn Ismoiliy ma'lum qildi.
U shuningdek, general Qosim Sulaymoniy haqidagi ma'lumotlarni berishda ayblangan Mahmud Musoviy Majdga nisbatan o‘lim jazosi hozircha ijro etilmaganini aytdi.
"Eron mudofaa vazirligi aerokosmik sohasi sobiq xodimi bo‘lgan yana bir josus ham qatl etildi", - deya Ismoiliyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Mizan Online agentligi.
Eron ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Eron mudofaa vazirligining sobiq xodimi Rizo Asqariy MRBga Eron raketalari haqidagi ma'lumotlarni bergan.
Mavzuga oid
21:51 / 03.10.2024
«Bemisl eskalatsiya». Isroil Eronning raketa zarbasiga qanday reaksiya qilishi mumkin va Tehronning keyingi qadami qanday bo‘ladi?
11:50 / 03.10.2024
«Yettilik guruhi» davlatlari Eronning Isroilga raketa hujumini qoraladi
23:04 / 02.10.2024
Uzbekistan Airways Iroq va Eron havo hududini aylanib o‘tishini e’lon qildi
20:53 / 02.10.2024