Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Yevroittifoqni AQShdan foydalanishda aybladi
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqi "AQShga hech qachon yaxshi munosabatda bo‘lmagan" va amerikaliklarga nisbatan adolatsiz munosabatda.
Amerika prezidenti Donald Tramp Yevroittifoq AQShdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun tuzilganligini aytdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqi "AQShga hech qachon yaxshi munosabatda bo‘lmagan" va amerikaliklarga nisbatan adolatsiz munosabatda.
"Yevropa ittifoqi Qo‘shma Shtatlardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun tuzilgan. Ular AQshdan foydalanib kelmoqda", – Tramp.
Ammo keyinroq u AQSh va Yevropa munosabatlari "juda yaxshi"ligi, biroq tomonlar "ulkan iqtisodiy raqobatda" ekanligini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoq savdo masalasida AQShga "juda yomon" munosabatda.
"Ular ko‘plab o‘n yilliklar davomida bizga nisbatan judayam adolatsiz munosabatda bo‘lgan. Bu muammoni yechish juda oson. Aslida men muammoni butkul hal qilishga tayyor edim, ammo bizda epidemiya boshlanib qoldi", – dedi AQSh prezidenti.