«Şu yil aprel oyida boşida mehnat ta'tiliga çiqqandim. 17 apreldan iş köpayib ketgani, juda köplab kasallikka gumonlanuvçilardan tahlil oliş kerakligini aytib işga çaqirib olişdi. Şu tarzda 5 iyun kuniga qadar Samarqand şahri böyiça kasallaniş ehtimoli yuqori bölgan birinçi öçoqlardan 3500dan ortiq fuqarolardan test namunalari olişda va viloyat virusologiya tahlilxonasiga yetkazib berişda iştirok etdim.

U vaqtda hali köpçilik kasalliklaniş oqibatlarini anglab yetmagani uçun ehtimoliy kasallanganlardan namuna oliş har doim ham oson bölmadi. Haqoratlab, kamsitib haydab yuborganlari qança? Bir-ikki qattiq haqoratlaganlar böyiça IIBga xabar berganmiz. Aniq manzil, ism-familiyalari bor. Ammo IIB xodimi «u odam köp içadi-da endi» deyişdan nari ötmagan holat ham böldi, hatto. Bizni aniq himoyalaydigan, qöllab-quvvatlaydigan tizimning özi bölmadi. Ammo bu hali heç narsa emas.

Koronavirusga qarşi kuraşda bizga yuklatilgan vazifani bajariş jarayonida men va hamkasblarim ham virus bilan zararlandik. Menda 5 iyun kuni COVID-19 virusi borligi aniqlandi. Birgina Samarqand şahar SEO markazidan 8 kişi yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanib çiqdi. Jumladan özim ham. Işimiz şu koronavirusga çalingani ehtimoli bölgan odamlar, kasallanganlar bilan muloqotda bölganlardan tahlil oliş. Katta ehtimol bilan özimizga ham yuqişini bilardik. Qolaversa, kasallikdan himoyalaniş vositalari bilan ta'minlaniş ham köngildagiday emasdi. Hatto dastlab korxonamizdagi dezinfeksiyalovçilarning kiyimlarini olib işlatdik. Keyinçalik özimizga berilgan himoya kiyimlari esa ba'zan maşinaga mingunimizga qadar yirtilib, yaroqsiz bölib qolardi. Ba'zan oddiy niqoblar bilan ham muammoga duç keldik.

Ikkinçi tomondan kasallik oilamga yetib borişidan qörqardim. Alam qiladigani, ayrim boşqa turdagi tibbiyot muassasalarida şifokorlar 14 kun davomida uyiga bormasdi. Buning uçun şaroit yaratilgan edi. Biz ham oila a'zolarimizni xavfga qöymaslik uçun korxonamiz rahbariyatiga bir neça marta murojaat qildik, foydasi bölmadi. Bunday vaziyatda özimiz yo oilamizni öylab işni taşlab ketiş esa oq xalatga, xalqqa nisbatan xiyonat bilan teng, işni davom ettiriş şart edi. Oxir-oqibat, qörqqanim yuz berdi: özimdan taşqari 7 yoşli öğlim, 5 yoşli qizim, onam va ukam ham kasallikka çalinib, yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanib çiqdi. Bunga kim aybdor?», deydi Şoira Eşbekova.

Samarqand şahar SEO markazining bakteriologiya bölimi boşliği N.Qudratova ham kasallikdan himoya vositalari, tibbiyot niqobi, himoya kiyimi bilan boğliq muammolar bölganini tasdiqladi. Markazning 8 nafar xodimi iş jarayonida kasallikka çalinib yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanib çiqqanini ma'lum qildi.