24 iyun kuni Kun.uz saytida «Koronavirusga qarşi kuraşga jalb etilgan tibbiyot xodimlariga qöşimça tölovlar berilmayapti(mi?)» sarlavhali maqola e'lon qilinib, unda koronavirusga qarşi kuraşga jalb etilgan şifokor Şerali Baxronovga qonunçilikda belgilangan qöşimça tölovlar tölanmayotgani töğrisida söz yuritilgandi.
Oradan ma'lum muddat ötib, Ş.Baxronov tahririyat bilan qayta boğlandi. Buni qarangki, bu safar u yolğiz emasdi: endilikda murojaat jamoaviy tus olib, uning yoniga qolgan 44 nafar hamkasbi, ya'ni RŞTYoIMning Toşkent şahar Yakkasaroy tumani 10-sonli tez tibbiy yordam bölimining koronavirus infeksiyasiga qarşi taşkil etilgan maxsus brigadasining barça vraçlari qöşilgan.
Şifokorlarning tahririyatga ma'lum qilişiça, keyinroq ularga oylik lavozim maoşiga 6 foiz miqdorida har kunlik qöşimça tölovning ikki oyligi, ya'ni 2 206 000 sömdan tölangan, uçinçi oy uçun esa tölanmay qolgan.
Bundan taşqari, 2020 yil 26 martdagi PQ-4652-sonli Prezident qarorida koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirişadigan vraç xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uçun 25 million sömlik maxsus tölov tölanişi belgilangan bölsa-da, bu qaror ijro etilmay, mazkur tölov ularga umuman tölanmagan.
«Karantin zonadan test natijasi ijobiy çiqqanlarni şifoxonalarga olib borib yotqizamiz. 6 foiz qöşimça tölovning 2 oyini – 2 206 000 söm berişdi, 1 oyi qoldi. Maxsus tölovni tölaşlarini söraganimizda esa mas'ullardan: «Bu tölov sizlarga töğri kelmas ekan, faqat tasdiqlangan bemorlarni şifoxonada davolayotganlarga tölanarkan, «yuqori»dan şunday deyişyapti», degan javobni oldik.
Koronavirusga çalingan bemorlar bilan bevosita muloqotda bölamiz. Xudo körsatmasin-u, özimiz ham infeksiya yuqtirib olib, hayotdan köz yumadigan bölsak, bu uçun kim javob beradi? Nega işimizga bunçalik past nazar bilan qaraşyapti?» – deydi maxsus brigada vraçlaridan biri.


«













