Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh bosh prokurori IT-kompaniyalar va Hollivudni Xitoy oldida tiz cho‘kishda aybladi
Bosh prokuror Disney kompaniyasi 1990-yillarda Dalay-lama hayoti haqidagi «Kundun» filmi uchun Xitoyning talabi bilan uzr so‘raganini eslatdi.
AQSh bosh prokurori Uilyam Barr Amerikaning yirik kompaniyalari, jumladan Google va Apple kompaniyalarini Xitoy bilan hamkorlik qilishni xohlashda aybladi.
U Hollivudni misol qilib keltirdi va u yerdagi kompaniyalarni Xitoyning roziligini olish uchun filmlarni senzura qilishda aybladi. Bosh prokuror Xitoy oldida «tiz cho‘kkan» birgina Hollivud emasligini ta'kidladi.
«Google, Microsoft, Yahoo va Apple kabi kompaniyalar yillar davomida Xitoy bilan hamkorlik qilishga katta ishtiyoq namoyish etdi», — dedi Barr.
U Apple Xitoyning talabi bilan ayrim ilovalarini o‘chirib tashlaganini misol qildi.
Bosh prokuror shuningdek, Disney kompaniyasi 1990-yillarda Dalay-lama hayoti haqidagi «Kundun» filmi uchun Xitoyning talabi bilan uzr so‘raganini eslatdi. Shundan so‘ng kompaniya Shanxayda tematik park ochgan.
«Parkning 11 ming xodimidan 300 nafari Xitoy kommunistik partiyasining faol a'zolari hisoblanadi», — dedi Barr.
Mavzuga oid
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026