Oregon shtati hukumati Trampdan Portlenddagi kuch tuzilmalarini olib chiqib ketishni talab qildi
Oregon prokurori Billi Uilyams shahardagi federal kuch ishlatish tuzilmalari xodimlari borasida surishtiruv o‘tkazish bilan tahdid qildi.
AQShning Oregon shtati gubernatori Keyt Braun Portlend shahridan federal organlar bo‘linmalarini olib chiqib ketish va afroamerikalik Jorj Floydning o‘limi sababli norozilik bildirayotganlarni qo‘lga olishni to‘xtatishni talab qildi. Braun bu haqda Twitter sahifasida yozdi.
Gubernator federal kuch ishlatish idoralari xodimlarining Portlenddagi harakatlarini "bostirib kirish va federal hukumat vakolatlarini suiiste'mol qilish" deb atadi.
"Buni qabul qilib bo‘lmaydi. Tramp ma'muriyati uchun bunday harakat siyosiy teatrda fotokameralar oldida o‘zini ko‘rsatish uchun navbatdagi imkoniyat hisoblanadi", - deb yozdi Braun.
Portlend meri Ted Uiler ham ana shunday fikr bildirdi. Oregon prokurori Billi Uilyams shahardagi federal kuch ishlatish tuzilmalari xodimlari borasida surishtiruv o‘tkazish bilan tahdid qildi.
Minneapolisda afroamerikalik Jorj Floydning o‘limidan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Floyd 25 may kuni politsiya tomonidan qo‘lga olish chog‘ida vafot etgandi. Uni qo‘lga olishda ishtirok etgan to‘rt politsiyachi ishdan bo‘shatilgan, ularga ayblov e'lon qilingan.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024