«Tez yordam operatorlariga sifatli xizmat ko‘rsatilgan har bir qo‘ng‘iroq uchun 1500-2000 so‘m bonus beriladi» - Toshkent shahar prokurori
Sifatli xizmat ko‘rsatgan tez yordam brigadalariga esa 100 ming so‘mdan bonus berilishi aytildi.
Xalqaro press-klubning 20 iyuldagi sessiyasida chiqish qilgan Toshkent shahar prokurori Bahriddin Valiyev shahardagi tez tibbiy yordamga oid yangiliklarni sanab o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Valiyevning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Toshkent shahrida mavjud 170ta tez yordam mashinasiga qo‘shimcha ravishda 50ta Damas, 28ta Isuzu mashinaci olib kelingan.
«Tez tibbiy yordam operatorlari shtati ko‘paytirildi, volontyorlar jalb etildi. Ta'tilda bo‘lib turgan tibbiyot xodimlari, tibbiyot kollejlari talabalari va o‘qituvchilari ko‘ngilli asosda ishga jalb qilinib, ularga oylik to‘lov belgilandi.
Shahar hokimi tomonidan yana bir yaxshi ish qilindi: har bitta qo‘ng‘iroqqa bonus e'lon qildi. Sifatli javob berilgan har bitta qo‘ng‘iroq uchun 1500 so‘m, murojaatchi suhbat davomida minnatdorlik bildirgan taqdirda yana qo‘shimcha 500 so‘m qo‘shib beriladigan bo‘ldi.
Tez yordamning bitta ekipajida 3 kishi ishlaydi: haydovchi, hamshir va vrach. Ularga maxsus varaqa beriladi. Agar tez yordam chaqirgan fuqaro o‘sha varaqaga ko‘rsatilgan xizmatdan minnatdorligini, xodimlar yaxshi muolaja va muomala qilganini yozib bersa, ekipajga 100 ming so‘m bonus beriladi», – dedi Toshkent shahar prokurori Bahriddin Valiyev.
Eslatib o‘tamiz, poytaxt tez yordam tizimida rag‘batlantirish qo‘llana boshlashi haqida avvalroq shahar hokimligi matbuot kotibi Furqat Mahmudxo‘jayev ma'lum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

14:12 / 14.06.2025
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi

11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

11:42 / 14.06.2025
Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

16:29 / 13.06.2025