Vazirlar Mahkamasi 8.07.2020 yildagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 430-son qarorni qabul qildi.

Norma’ning yozishicha, hujjat bilan qishloq xo‘jaligi mashinasozligini yanada rivojlantirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilandi:

ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini qayta ko‘rib chiqish va unifikatsiya qilish, ularning sifatini yaxshilash, tannarxini pasaytirish va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlarining rentabelligini oshirish;

2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasiga muvofiq zamonaviy moliyalashtirish tizimi, marketing siyosati, sotishdan keyingi va servis xizmati ko‘rsatish siyosati nazarda tutilgan qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirishning yangi strategiyasini zarur bo‘lganda, xorijiy konsalting kompaniyasini jalb qilgan holda ishlab chiqish va amalga oshirish;

investitsiya dasturlari, mahalliylashtirish va import o‘rnini bosish dasturlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotga ichki talabni qanoatlantirish, sanoatning elektrotexnika, avtomobil va boshqa tarmoqlari, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari bilan tarmoqlararo kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

korrupsiyaga qarshi «komplayens-nazorat» tizimini joriy qilish, sohaga investorlarni jalb etish choralarini ko‘rish;

hududlarda kompleks servis xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha dilerlik-servis tizimini tashkil qilish, davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik sub'yektlarini keng jalb qilgan holda, qishloq xo‘jaligi texnikasiga buyurtmalarni shakllantirish;

sohaga oid bo‘lmagan va norentabel aktivlarni xatlovdan o‘tkazish, ularni keyinchalik xususiylashtirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga belgilangan tartibda berish.
 
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi «O‘zagrotexsanoatxolding» AJning ulushlarini (aksiyalarini) «O‘zavtosanoat» AJga ishonchli boshqaruvga berish yuklatildi, xususan:

«Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi» AJning 100 foiz;