Qişloq xöjaligini töğri isloh qiliş, eski davrdan qolib ketgan uslublar va boşboşdoqlikdan voz keçiş davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalardan biri. Kun.uz tahririyatga kelgan bekobodlik ikki fermerning dardini tingladi. Aytiş mumkinki, bu fermerlar gapirib bergan muammolar boşqa tumanlarda uçramaydi, deb bölmaydi.
- Nazira opa, muammolaringizni gapirib bersangiz.
- Nazira Boqiyeva, “Boqiyeva Nazira” fermer xöjaligi rahbari: Men Toşkent viloyati Bekobod tumanidagi "Boqiyeva Nazira" fermer xöjaligi rahbariman. 84 gektar yerda fermer xöjalik rahbari bölib işlab kelmoqdaman. Yolğiz onaman, ikkinçi guruh nogironiman. 39 yildan beri mana şu fermer xöjalik rahbari bölib, işlab kelmoqdaman va şu kungaça “plan”larni 150-170 foizgaça bajarib kelyapman. Hozirgi kunda 38 gektar buğdoy yetiştiryapman, qolgan yerimda esa – paxta. Paxtada har yili birinçi örinda turamiz. Viloyat va respublika rahbarlari meni taniydi va hurmat qiladi.
2020-21 yilgaça biz juda yaxşi işladik. Uç kunda pulimiz kelardi. 2020 yilda klaster keldi. Birinçi «APK Bekobod» klasterida Bahromjon iş boşladi, birinçi örinda paxtani, ğallani «Riç» klasteri Maqsudbek boşladi. Keyin davlat xaridi uçun 33 foizini ajratişini aytdi, qolgan 67 foizini esa «Riç» klasterga topşirasizlar dedi, şartnoma tuzdik.
Paxtani birinçi sort bilan, birinçi terimda oliy navlarga topşirdik. Mana uç yil böldi, hali paxtamizning pulini bergani yöq. Sud böldi, sud qaror çiqardi. 1 milliard 117 million haqdorligimdan 210 millionni ololmadim. Majburiy ijro xatlari qölimda turibdi. Keyin «Riç» klaster buğdoyimizni oldi, u ham yarimçala qilib berdi, qolgan qarzdorligimizni hali berişni rejalaştirgani yöq. Viloyat, tuman prokuraturalariga murojaat qilsak, “opa, bular bankrot böldi, qarzdorlik bilan çiqdi, tölay olmaydi”, deyişdi. Hozir bir oddiy fuqaro «Agrobank»dan kredit olsa, kafil yoki garov qöyişi kerak. Bu klaster katta-katta yerlarni olib, minglab fermerlarni işlatsa, şartnoma tuzib fermer rejasini bajarsa, nima uçun qarzdorlikka çiqadi? Bironta rahbar kelib tekşirmasa. Şu şikoyatni körib çiqaylik deb yuqoridan yoki tumanga komissiya biriktirilib, qarzdorlik klaster tomonidan bölmoqdami yoki fermer tomondan, deb tekşirmasa. Klaster bankrot bölsa, ayb bizda emas, tölaşsin. Biz öşa xarajatlar evaziga pulni olib kelasi yilga tayyorgarlik körib, yana paxta yetiştiramiz va işini davom ettiramiz. Ariqlarni tozalaş kerak. Mana, prezidentimiz aytadi: “Ariqzovlarni beton qilinglar, köçat ekinglar, texnika olinglar, mahallalarga kam ta’minlangan oilalarga yordam beringlar”.
Mavzuga oid
“Bekobod Rice klaster” klasteriga murojaat qildik, ular “APK Bekobod” – Bahromjon bankrot böldi”, dedi. Bankrot bölgani bilan tumandan ketgani yöq-ku, klasterni almaştirib, yana işda davom ettiryapti. Bankrot bölsa, nega ketmaydi? Ikkinçi korxonani qabul qilib olyapti, qarzi böla turib, boşqa klasterni olyapti. U korxona ham işlayapti, bunisi ham. Nega qarzdor bölsa ketmaydi, nega korxonani tark etmaydi? Işlayapti-ku! Fermerlarga haqini bermaslik uçun mana şunaqa öyinlar qilyapti. Rice ham şu: “opajon, tölayman, örniga solyarka, dori beraman” dedi. Rozi böldim, ammo heç narsa bermadi. Sudning qarorlari, peçati, imzosi bilan hammasi qölimda turibdi.
Majburiy ijro xodimlaridan xafaman: nima uçun fermer qarzdor bölsa, sud qaror çiqargandan keyin siquvga olişadi, ammo klasterni... Kambağallar qarz bölsa bankdan sigir-buzoği, gilami, televizorigaça kötarib çiqib ketasizlar. Lekin klasterga unaqa munosabat – yöq! Klasterning mol-mulki bordir, garovga qöyayotgan narsasi bordir yoki kafil bölgan biron katta rahbari bordir? Kötaringlar, suriştiringlar.
Tuman, viloyati böyiça butun fermerlar xonavayron bölişi şart emas-ku! Keça mening xafa bölganim: tuman hokimi soliq idorasiga hammani yiğib olib, “suvdan töqqiz million qarzingiz bor ekan, arizangizni yozing”, dedi. Menga “keçgaça nimangizni sotsangiz ham, tölang, bölmasa peçatingizni topşirasiz, yeringizni topşirasiz” dedi. Men şu yerni deb tamom soğliğimdan ayrildim, yer deb hayotimdan keçdim, turmuşga çiqsam, ertaga erkak kişi raşk qiladi, qöymaydi, dalaga bormaysan, dedim. Hayotimdan keçib, dalani tanladim. Ölsam ham dalada ölaman.
Törtta “Bayer” traktorim bor, “Arion” traktorim bor, yuz foiz texnikam yetarli. Men nima olaman davlatdan? Ariqdan suv olaman, u ham ming hunar bilan keladi. Davlatdan heç narsa olmayman. Öz mablağimdan “plan”ni ortiği bilan bajarib kelyapman.
Klaster xodimlari juda qiynab yubordi bizni. “OQTOSH” klasterining (tarozisiga) bir kun bordim, svetni öçirib qöyib, torozi körinmasligi uçun şoli bilan buğdoyda telejkaga solib, kamerani öçirib, aylanib köçadan çiqib, torozidan ötkazadi, keyin svet va kamerani yoqadi. Bu nima degan gap?
Bunaqa yopişmagan yamoq klasterlarning nima keragi bor? Yana idoraga ega bölib, qança davlatning mablağini rasvo qilib, şunça fermerni aldayapti, tuman-viloyatga zarari tegyapti. Yöqolsin klaster! Kerak emas, klaster. Özimiz davlatga topşiraylik, donimizni, paxtamizni, yuzimizni yoruğ qilib. Prezidentimizga ming rahmat! Şunça şaroitlar qilib beryapti. Lekin klaster hammasini barbod qilib taşlayapti. Yöl bermayapti bizga.
Mana uruğlarning ham sifatsizini olib keladi, öğit ham sifatsizini olib keladi. Beçora fermerlar, men ham şunday ahvoldaman. Ikki kunlab kuvalda bilan ezolmayapmiz, şu darajadagi dorilarni olib keladi. Magazinda 230 mingdan sotadilar, ular esa bizga 280 ming qilib sotyapti. «Brak»ni, işga yaroqsiz dorilarni. Olib borib körsatdim prokurorga. “Ariza yozing, dorining narxini qaytartirib, öçirtirib taşlaymiz”, dedi. Lekin heç narsa bölgani yöq, şu holatda qolib ketdi.
Bu klaster dastidan hamma fermer dod deyapti. Kuçing yetmasa nima qilasan xalqqa azob berib? Şunça mablağni rasvo qilib. Bekobod tumani har doim oldinda bölgan. Klaster kelgandan beri – 30 foiz bajaradi, fermerga qöyib bersa 70 yetmiş foiz bajaradi. Hozir mana, xitoyliklar bosib ketdi, ular ham birinçi terim paxtani şundoq haydab taşladi. Klasterlar yerida mol yuribdi, bironta rahbar qaramaydi. Fermerning yerida mol yursin-çi...
- Jumaboy aka, nima qöşimça qilasiz?
- Jumaboy Boboyev, «Mehnatobod» fermer xöjaligi rahbari: Men yigirma sakkiz yildan beri Bekobod tumanida fermer xöjaligi faoliyatini yuritib kelaman. Naziraning gaplariga yuz foiz qöşilaman. Nazira kuyib-yonib halol mehnati bilan maşhur bölgan, ammo jabr körayotgan fermer. Ammo bitta u Nazar emas, Bekobod tumanidagi yuzlab, yuzdan ortiq fermerlarning dardi bir, fiğoni bir.
Yerga mehr qöygan, yerini suygan fermer, heç qaçon yerini xor qilmaydi. Yerini xor qilmagan inson xor bölişi kerak emas.
- Hozir, tumanda neçta fermerning haqdorligi bor?
- Yuztadan sakson-töqsontasi haqdor, klaster qarzdor. Agar kredit olganlari bölsa, Agrobankka borib şuni klasterga ötkazadi. “Fermer xöjaligi mendan 100 million, 50 million, balki 10 million qarzi bor”, deb öşa yerdan özi yulib oladi. Agrobank öz haqqini suğurib oladi, qolgani qolib ketadi.
- Ötgan kuni körsatuv qildik, Xitoyni örganib kelgan mutaxassisdan sörayapman: “Xitoyda hokim aralaşadimi işiga?” desam, “Xitoyda fermer hokimni hatto tanimaydi,” deyapti. Xitoyni kommunistik partiya boşqarayotgan bölsa-da, u yerda reja yöq ekan. Fermerning böynida heç qanday reja yöq. Mahsulotini yetiştiradi, bozor munosabatlaridan kelib çiqib, öz manfaatini közlab, işlaydi va biryöla jamiyat foydasiga ham xizmat qiladi. Qani, nima deb öylaysizlar, bizda ham şuni qilsak, qanday böladi?
- Nazira Boqiyeva: Yaxşi bölardi.
- Jumaboy Boboyev: Men bunga qöşimça qilmoqçiman. Rahmat savolingiz uçun. Öşa Xitoy, boşqa qişloq xöjaligini rivojlantirgan çet el davlatlarga tenglaşişimiz uçun, ularni örganişimiz lozim. Bizdan qişloqda işlayotgan dehqon fermer xöjaliklarining iş faoliyatiga tuman rahbarligi tomonidan aralaşuv bor, reja bor, keyin “razmeşeniya” ham mavjud. Mana, munça gektarda boğ ek, paxta ekadigan payti – yaroqli bölmagan joylarga bahor payti munça gektarda paxta ek, deb, tuman hokimlari öz manfaatini, obrösini, mansabini ustun qöyib, reja uçun planlaştiriş. Bunaqada qanday fermerning bir ikki böladi? Yerning egasi fermer va u öz manfaatlari uçun qaysi yeriga, qaysi konturdagi yeriga, holatiga qarab, qanday ekiş kerakligini yaxşi biladi. Sinab köraylik şuni.
- Nima deb öylaysizlar, özbek fermeri bunga qodir emasmi?
- Jumaboy Boboyev: Albatta qodir. Fermerning boşida turib boşqarişsa, u nima qilişni bilolmaydi. Işlaşga kayfiyati ham bölmaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi