Ob-havo va qişloq xöjaligi mavzusidagi turkum körsatuvlarning uçinçisida mutaxassislar meteorologik prognozlarni dehqonlarga yetkaziş tizimi hamon mavjud emasligi, agrotadbirlar ötkaziş kunlari hanuzgaça ma’muriy buyruqbozlik bilan belgilanayotgani, xitoy çigitlarining öziga xosliklari kabi masalalarda söz yuritişdi.

Şokir Şaripov, jurnalist: Kamoliddin, oxirgi körsatuvimizdan keyin nimalar özgardi, dehqonlar nima bilan maşğul, qanday savollar kelib tuşdi?

Kamoliddin Ikromov, Agrobiznes assotsiatsiyasi rahbari: Dehqon va fermerlar bir savol oldida turibdi: "şu kunlarda çigitni eksa böladimi, bölmaydimi?" Hozir ekiş usullari ikkiga bölingan – an’anaviy va Xitoy uslubida – plyonka ostida. Ob-havoga moslaşiş masalasida köproq savollar kelib tuşyapti. Birinçi örinda savol: oçiq dalada va plyonka ostida çigit ekişda ob-havo qanaqa bölişi kerak?

Dilşod Ğofurov, Paxtaçilik instituti katta mutaxassisi: Çigitning çiqişi uçun, asosan, tuproqning ön-ön santimetr çuqurligidagi harorat muhim hisoblanadi. Tuproq harorati 12-14 daraja bölganidan keyin çigit ekilişi tavsiya qilinadi. Qoraqalpoğiston va Andijon şaroitida tuproq harorati boşqa-boşqa böladi.

Kamoliddin Ikromov: Bir gektar ekiş xarajati gektariga kamida bir yarim million söm. Bugungi kunda paxta ekilişi juda erta bölib ketmasmikin? Dehqon xarajatiga kuyib qolmaydimi?

Dilşod Ğofurov: Paxta ekiş muddati masalasi birinçidan, yilning kelişiga, ikkinçidan, hududga, uçinçidan, qanaqa agrotexnologiya asosida ekmoqçiligimizga boğliq. Agar odatiy, ya’ni özimizning an’anaviy usulda ekmoqçi bölsak, aprel kelmasdan paxta ekişga qulay bölmaydi, çunki tuproq harorati 14 darajadan yuqori bölişi kerak. Mart oyi odatiy usulda ekiş uçun qulay emas.

Xitoy texnologiyasi, ya’ni plyonka ostida ekiş bilan bölsa, mart oyida ham ekiş mumkin. 10-15 mart kuni bemalol ekiş mumkin, lekin bu yilgi holat istisno. Nima uçun? Mart boşida sovuq kunlar böldi, qorlar tuşdi, hali ham ta’siri bor. Şu narsani hisobga olib, biroz keçiktiriş maqsadga muvofiq.

Şokir Şaripov: Men hozir sizlarni xavotir bilan eşityapman, hozir nima, fermer majburlanyaptimi ertaroq ekişga?