Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT milliardlab insonlarga pul tarqatish koronavirus tarqalishini sekinlashtirishini bildirdi
Dastur oyiga 199 milliard dollarga tushadi deb baholanmoqda. U 132ta rivojlanayotgan mamlakatga taalluqli.
Qashshoqlikda yashayotgan 2,8 milliardga yaqin inson pul mablag‘lari olishi kerak va bu koronavirus tarqalishi sur'atini sekinlashtiradi. BMTning «Vaqtinchalik asosiy daromad: rivojlanayotgan mamlakatlarda qashshoq va muhtoj insonlar himoyasi» deb nomlangan hisobotida ana shunday taklif ilgari surilmoqda.
Tashkilot jiddiy moliyaviy muammoga duch kelgan insonlarga pul tarqatishni maslahat bermoqda. Shunda ular ishlamasdan uylarida o‘tirishlari mumkin bo‘ladi.
Qayd etilishicha, jami 1,07 milliard kishi qashshoqlik yoqasida yashamoqda, yana 1,71 milliard kishi esa «qashshoqqa aylanish xavfi ostida».
Dastur oyiga 199 milliard dollarga tushadi deb baholanmoqda. U 132ta rivojlanayotgan mamlakatga taalluqli. Pul aholining yashash joyi, fuqaroligi yoki ish shaklidan qat'i nazar berilishi lozim. Faqat oilada necha kishi pul topishi hisobga olinishi kerak xolos.
Hisobotda bunday mamlakatlarni 2020 yilda 3,1 trillion dollar deb baholanayotgan davlat qarzlari bo‘yicha majburiyatlardan qisman ozod qilish taklif etilgan. Saqlab qolingan mablag‘lar bevosita to‘lovlarga sarflanishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
21:10 / 21.01.2026
BMT «global suv bankrotligi» davri boshlanganini e’lon qildi
22:38 / 20.01.2026
Isroil BMT Falastin qochqinlariga yordam agentligi qarorgohini buzib tashladi
15:27 / 14.01.2026