Bugun, 23 iyul kuni «Oilaviy» telekanalida efirga uzatilayotgan «COVID-19: dolzarb savollar» dasturining navbatdagi sonida Toşkent şahar sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi boş vraçi örinbosari Bobur Qurbonov test oliş tizimi qanday işlaşi kerakligi haqida ma'lumot berdi.

«Ayni paytda özida koronavirus alomatlarini sezgan fuqarolar oilaviy poliklinikasi va oilaviy şifokoriga murojaat qilmasdan töğridan töğri Sanitariya-epidemoilogik osoyiştalik markazlariga test topşiriş uçun kelişmoqda.
Aslida esa, agar biror şaxs yoki oila özida koronavirus alomatlarini sezsa, ular oilaviy poliklinikaga murojaat qilişi lozim. Poliklinika esa ularni röyxatga oladi va bizga bunday şaxslar haqida ma'lumot beradi», deya qayd etdi markaz vakili.

Ta'kidlanişiça, oilaviy poliklinika qaysi manzilda yaşovçi fuqaroda koronavirusning qanday simptomlari borligini hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markaziga yetkazgaç, u yerda taşkil qilingan ixtisoslaşgan guruh manzil böyiça test oliş uçun boradi va bu eng töğri usul hisoblanadi.
«Lekin hozir kimdadir koronavirusning biror alomatlari sezilsa, öz şaxsiy maşinasida yoki yölovçi maşinada «SES»ga borişmoqda va atrofdagilarni xavfda qoldirişmoqda.
Laborator tahlillarga köra, 70 foiz test topşirgan odamda heç qanday kasallik alomati yöq. Lekin bu ham xavf bölib qolmoqda. Sababi, ular ham test topşirgani borişmoqda va atrofda haqiqatan kasallikka çalinganlar bilan muloqot sodir böladi, bunda ularga ham kasallik yuqişi ehtimoli bor», dedi Bobur Qurbonov.
Heç qanday kasallik alomati yöq va test topşirişga sababi yöq odamlarning tahlillarini tekşirişga ham vaqt sarflanişi, bu ham test tizimiga bosim tuşişiga sabab bölayotgani va bunday holatlar haqiqatan yordamga muhtoj odamlarning testlarini tekşiriş hamda ularni kasalxonaga yotqiziş jarayonini keçiktirayotgani qayd etildi.
«Şuning uçun fuqarolardan agar özlarida kasallik alomatini sezişsa, test topşiriş uçun özlari bormasliklarini va oilaviy poliklinikaga murojaat qilişlarini söraymiz. Sanitariya markazlarida navbatlar hosil qiliş kerak emas», dedi boş vraç örinbosari onlayn efirda.

















