Bugungi kunda respublikadagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati bölimlari hamda xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan PsR usulida koronavirus infeksiyasini aniqlaş va xulosalar beriş amaliyoti joriy qilingan. Ular tomonidan berilayotgan ma'lumotnomalarda QR kod mavjud bölib, u orqali qaysi muassasada ma'lumotnoma berilganligi va bazaga kiritilganligi aniqlanadi.

“Koronavirus testlarini soxtalaştiriş holatlari uçrab turibdi. Yurtdoşlarimizga aytardimki, test topşirişga borganda albatta tomoq va burundan surtma olinişi zarur. Agar test javobi yarim soat yoki bir soatda çiqadigan bölsa, bunday testlar soxta böladi. Çunki, PsR usulida aniqlanadigan antigen testlar javobini biliş uçun kamida 6 soat vaqt ketadi”,- dedi Botir Qurbonov.

Eslatib ötamiz, respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan 2020 yil 25 dekabrdan e'tiboran Özbekistonga kirib kelayotgan şaxslardan koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlaş ekspress testini oliş tartibi joriy qilingan edi.

Toşkent xalqaro aeroportining «Tibbiyot dunyosi» MÇJ bilan imzolagan şartnomasiga köra, test tahlillarini oliş şu firma tomonidan yölga qöyilgandi. «Tibbiyot dunyosi» MÇJ direktor örinbosari Bahrom Almatov aeroportga kelgan yölovçilar ekspress test topşirişi uçun 150 ming söm narx belgilangani va ekspress test javoblari 15 daqiqada aniqlanişini aytgandi. Keyinçalik Kun.uz’da bu firma sobiq “SES” direktoriga tegişli ekanligi haqida maqola e'lon qilindi.

Ma'lumot uçun Qaşqadaryo, Samarqand va Namanganda koronavirus infeksiyasi tahlili natijalari böyiça qalbaki ma'lumotnomalar tayyorlab berayotgan şaxslar aniqlangan edi