Xorijda öqiydigan talabalar Özbekistonga qaytganda koronavirusga test topşiriş narxi istisno tarzida 50 ming sömdan oşmaydigan qilib belgilandi.

«Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan çegara ötkaziş punktlari orqali respublika hududiga kirib kelayotgan xorijiy OTMda öqiydigan Özbekiston fuqarolari bölgan talabalardan koronavirusga test tekşiruvlari istisno tariqasida 50 ming sömdan oşirmagan holda amalga oşirilişi belgilandi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Bunda fuqaro pasport hamda talabalikni tasdiqlovçi hujjatini taqdim etişi kerak.
- Ma'lumot uçun, may oyida Özbekistonning öşa vaqtdagi boş davlat sanitariya inspektori (hozirda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliğining örinbosari) Nurmat Otabekov Özbekistonda koronavirusni aniqlaş uçun test topşiriş narxi 224 ming söm etib belgilangani haqida ma'lum qilgandi. Keyinroq ayrim joylarda test topşiriş narxi 400 ming sömgaça kötarilgandi.

















