Sönggi vaqtlarda Hindiston va Turkiya davlatlarida epidemiologik vaziyat oğirlaşdi. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Özbekistonda ham şu kabi vaziyat yuzaga kelişining oldini oliş maqsadida tegişli çoralar körilmoqda.
«Bu ikki davlat bilan ham Özbekistondan muntazam aviareyslar yölga qöyilgan. Hozirda çora-tadbirlar işlab çiqildi va respublika maxsus komissiyasiga taqdim etildi. Yaqin örtada bu tadbirlar amalga oşiriladi.
Bu davlatlardan kelayotgan yölovçilardan bepul ravişda koronavirusni aniqlaydigan antigen ekspress-test olinadi. Şu orqali kasallikni jilovlaşga va mamlakatimizga koronavirusning boşqa ştammlari kirib kelişining oldini olişga muvaffaq bölamiz», dedi Xolmamat Norboyev.
Mutasaddining aytişiça, dunyodagi epidemiologik vaziyat muntazam kuzatib boriladi va boşqa epidemiologik vaziyat murakkablaşgan davlatlardan kirib keladigan fuqarolarga şunday tartib joriy qilinadi.
Eslatib ötamiz Hindiston kasallaniş holatlari soni böyiça AQŞdan keyin ikkinçi örinda turibdi. Ayni paytda bu davlatda koronavirus yuqtiriş holatlari soni 21 milliondan oşgan.
Bundan avvalroq, transport vazirligi Hindiston bilan aloqalarni vaqtinça töxtatiş uçun qaror faqatgina maxsus komissiya tomonidan qabul qilinişini ma'lum qilgandi.
















