Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada tezyurar poyezdlar uchun temir yo‘l tarmog‘ini qurish rejalashtirilmoqda
Unda poyezdlar soatiga 350 kilometr tezlikda harakatlanishi mumkin.
Yevroittifoq mamlakatlarida tezyurar poyezdlar temir yo‘l tarmog‘i paydo bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda "YevroPuls".
Unda poyezdlar soatiga 350 kilometr tezlikda harakatlanishi mumkin. Bu Yevropa bo‘ylab sayohat vaqtini ikki baravarga qisqartiradi.
Bu Venadagi xalqaro iqtisodiy tadqiqotlar instituti olimlarining koronavirusdan so‘ng YeI iqtisodiyotini tiklash bo‘yicha tavsiyalari doirasidagi takliflaridan biridir.
Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, temir yo‘llarning aksariyat qismi tezyurar poyezdlarni yo‘lga qo‘yish talablariga javob beradi. Faqat to‘rtta tarmoqni qurib bitkazishga to‘g‘ri keladi: Lissabon – Xelsinki, Dublin – Parij, Bryussel – Valletta va Berlin – Nikosiya. Bunda qisman paromdan ham foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
10:40 / 13.07.2026
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
09:00 / 13.07.2026
Yevropada issiqlik to‘lqini qurbonlari soni 10 mingdan oshdi
09:44 / 08.07.2026
Anqarada NATO sammiti: Ukraina va Yevropa xavfsizligi kun tartibida
10:00 / 06.07.2026