Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bill Geyts butun insoniyatga go‘yoki vaksina orqali chip o‘rnatmoqchi ekani haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi
Bill Geyts sayyoraning barcha aholisiga chip o‘rnatish uchun koronavirusga qarshi vaksina yaratilishini moliyalashtirayotgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor qildi, deb yozadi CNBC.
Yahoo News o‘tkazgan so‘rovnomada qatnashgan AQSh aholisining 28 foizi Microsoft asoschisi odamlarga vaksina orqali chip o‘rnatmoqchi ekanligi haqidagi nazariyaga ishonishini ko‘rsatdi.
«Biz virus haqida haqiqatni bilishimiz kerak. Odamlar faktlarni bilganidan keyin chiplashtirish haqidagi nazariya yo‘qolishiga umid qilaman», — dedi Geyts.
JSSTning ma'lumot berishicha, hozirda dunyo bo‘yicha 100dan ortiq vaksina ishlab chiqilmoqda, ulardan 23tasi odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Fevralda Bill va Melinda Geyts fondi koronavirusga qarshi vaksina yaratilishi uchun 100 mln dollar ajratishini e'lon qilgandi.
Iyunda fond vaksina va immunizatsiya bo‘yicha global alyansga 1,6 mlrd dollar mablag‘ ajratishni o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
17:24 / 05.02.2026
Bill Geytsning sobiq rafiqasi uni Epshteyn fayllari bilan bog‘liq «savollarga javob berish»ga chaqirdi
23:53 / 31.01.2026
Olimlar Nipah virusiga qarshi vaksina ishlab chiqishdi
18:06 / 29.01.2026