Tonirovka narxi qimmatligi haqida

Rasul Kuşerbayev dastur avvalida dastlab Özbekistonda yengil avtotransport vositalarining oynalarini qoraytiriş (tonirovka) bilan boğliq amaldagi tartibga bir qança deputatlar qarşi ekani va bu tartibga qaçon yengilliklar kiritilişi mumkinligi haqida gapirdi.

«Ayrim takliflarimiz inobatga olinyapti, ayrimlari esa yöq. Taklif inobatga olinişi uçun ovoz beruvçilar köpçilik bölişi kerak. Bitta deputatning ovozi bu bitta ovoz. Taklif qilinayotgan qonunni deputatlar sonining yarmidan köpi ma'qullasa, u ötadi.

Bu masalada har kimda har xil fikr böladi. Şuning uçun nimaniki birgalaşib qilolgan bölsak, şular amalga oşgan», – dedi u.

UzAuto Motors bilan davom etayotgan tortişuv haqida

Dastur davomida deputatdan UzAuto Motors kompaniyasi bilan tortişuvi haqida söraldi.

Rasul Kuşerbayevning aytişiça, kompaniyaga nisbatan e'tirozlar keça yoki bugun paydo bölib qolgani yöq va u uzoq yillardan buyon davom etmoqda.

«Bu köpçilikni norozi qilayotgan tizim, demak biz ham norozi bölamiz. Axir biz ham şu odamlar içidamiz», – dedi u.

Rasul Kuşerbayev bu borada UzAuto Motors (avvalgi GM Uzbekistan) zavodining odamlarga köp yillardan buyon kulgili va oğir şartlar qöyib kelayotgani va bu jarayonda xalq tanlovsiz qolayotganini ta'kidlar ekan, bunga bir qança misollarni keltiradi.

«Masalan, oxirgi yillarda davlat rahbari tomonidan valutani liberallaştiriş böyiça qabul qilingan farmondan kelib çiqibgina odamlar özimizni valutada avtomaşina xarid qila boşladi.

Avvallari özimizning milliy mahsulotimizni sotib oliş uçun milliy valutamiz söm qabul qilinmasdi. Buni har xil yöllar bilan yopişga harakat qilişgani bilan baribir fakt şu edi.

Bu yerda «Markaziy bank töğrisida»gi qonun ham oçiqçasiga buzilib kelingan.

Töğri, jur'atcizlik, tizim deya oçiq aytilmagan bölsa-da, bor fakt şu edi. Oyni etak bilan yopib bölmaydi-ku, axir», – dedi deputat.

Kuşerbayevga köra, mutasaddilar va kompaniya vakillari keyinçalik özgarişlar böladi, deya bergan va'dalari quruq va'daligiça qolib ketmoqda. Va hayotning özi körsatyaptiki, monopol şaroitda odamlarning fikri e'tiborga olinmaydi. Bunga esa raqobatçining va mijoz uçun kuraş degan stimulning yöqligi sababdir.