Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev Özbekistonda pandemiya tufayli keçayotgan oğir vaziyat va şunday paytda ham tez yordam uçun avtomobillarini juda qimmat narxda sotişda davom etayotgan «Özavtomotors»ga jiddiy e'tirozlarini bildirdi.

Xususan, «Şu sinovli kunlarda yurtdoşlarimizga yengil bölişi uçun barça qölidan kelgunça dori-darmon, tibbiy uskunalar oliş uçun öz yonidan xayriya qilayotgan yoki beminnat xizmat körsatayotgan bir vaqtda bizni erkatoy monopolimiz «Özavtomotors» yuzi qizarmay, tez yordam uçun ham avtomobillarini otni kallasidek oşirilgan narxida sotişda davom etayapti», – deb yozadi u öz telegram kanalida. 

Kuşerbayev bu borada Farğona viloyati hokimligi viloyat aholisi uçun 20 ta yangi «Damas»larni 75 mln. söm atrofida sotib olib, «tez yordam»ga topşirganini misol sifatida keltirgan.

«Şu «Özavtomotors»ga ham hayronsan. Rossiyaning Ufasida avtomobillari oçiqda qolib çirib yotsa ham öz xalqi uçun jilla qursa «Damas»laridan bepul yoki imtiyozlar bilan beriş qiyinmi? 

«24 yil davomida xalqimiz bilan birgamiz», deb kökragini kerayotgan bu monopol heç bölmasa şu oğir kunlarda haqiqatan xalqi bilan birga ekanligini isbotlasa bölardi.

 Axir şunça yil şu xalq hisobidan yallo qilib yaşadi, ertaga şu xalq bölmasa uni «erka»ligini kim kötaradi, defektlar bilan çiqayotgan, otni kallasidek qimmat maşinalarini kim oladi, albatta şu xalq oladi. Pulini tölab oylab kutadigan Rossiya, Qozoğiston, Ukraina xalqi emas, şu xalq oladi, şu xalq minadi. Şu kasal bölayotgan odamlar bölmasa heç kimsan «monopol döstim», – deydi deputat.