Uzbekistan Airports Toşkent xalqaro aeroportida yölovçilar unutib qoldirgan yuklar xayriya aksiyasi orqali sotilayotgani töğrisida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, Özbekiston aeroportlarining birortasi, şuningdek, UzCargo va Uzbekistan Airports MÇJlari tomonidan yölovçilarning unutilgan yuklari sotilmaydi va uçinçi şaxslarga topşirilmaydi.

«Barça yöqolgan yuklar aeroport omborlarida 3 oy mobaynida saqlanadi va saqlaş muddati tugaşi bilan utilizatsiya qilinadi», — deyiladi xabarda.

Uzbekistan Airports kompaniyasi fuqarolarni yolğon ma’lumotlarga işonmaslikka va firibgarlarga pul ötkazmaslikka çaqirdi.

Avvalroq Toşkent aeroportida yuklarni saqlaş uçun avtomatik javonlar paydo bölgani töğrisida xabar berilgandi. Xususan, xalqaro terminalda yuk saqlaş narxi — bagaj hajmiga qarab 1 soat uçun 40 ming sömgaça. Mahalliy aviaqatnovlar terminalida esa yuklarni saqlaş narxi soatiga 10 ming sömni taşkil etadi.