Jahon | 17:55 / 27.07.2020
2891
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyadagi kasaba uyushmalari mamlakat prezidentini Haaga jinoyat sudiga berdi

Braziliya katolik cherkovining yuzdan ortiq vakillari ham hukumatning koronavirusga qarshi kurashish siyosatini qoralab chiqdi. 

Foto: Picture Alliance

Braziliya kasaba uyushmalari mamlakat prezidenti Jair Bolsonaruni Haagadagi xalqaro jinoyat sudiga berdi. Ular davlat rahbarini COVID-19 pandemiyasi davrida inson huquqlarini buzishda ayblamoqda. Bu haqda Estado de São Paulo nashri xabar berdi.

 Da'voda ko‘rsatilishicha, hukumat aholini infeksiya tarqalishidan himoya qilish choralarini ko‘rmagan, natijada fuqarolarning hayoti xavf ostida qolgan. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ko‘rsatmalariga butunlvy zid, deyiladi da'vo arizasida.

Shu bilan birga, Braziliya katolik cherkovining yuzdan ortiq vakillari ham hukumatning koronavirusga qarshi kurashish siyosatini qoralab chiqdi. Koronavirusga qarshi kurashda prezident va hukumatning sa'y-harakatlari nomuvofiq, deyiladi 152 nafar yepiskop imzolagan maktubda.

Braziliyada 2,4 mln kishida infeksiya aniqlangan, 87 mingdan ortiq bemor vafot etgan. Mamlakat ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. 

Jair Bolsonaru COVID-19ni bir necha bor "yengil gripp" deb atagandi. Keyinroq u ham koronavirus yuqtirgani va tuzalganini ma'lum qildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid