Ötgan haftada prezident sud tizimi faoliyatiga doir yangi farmonni imzoladi. Unda tizimni takomillaştiriş, odil sudlov samaradorligini oşirişga qaratilgan bir neçta taşkiliy-huquqiy çora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Şu munosabat bilan Oliy sud raisi örinbosari Baxtiyor Isoqovga qator savollar bilan murojaat qildik.
– «Bir sud – bir instansiya» tamoyilini qanday tuşuniş kerak?
– Haqiqatdan ham, farmonda fuqarolar va yuridik şaxslarga qulaylik yaratiş va ular ovoragarçiligining oldini oliş maqsadida 2021 yil 1 yanvardan boşlab sud tizimiga «bir sud – bir instansiya» tamoyilini joriy etiş va şu bilan boğliq sud tizimida bir qator taşkiliy-tuzilmaviy özgarişlarni amalga oşiriş belgilandi.
Şuningdek, sudlarda işni körib çiqiş bosqiçlari yanada soddalaştiriş orqali samarali sud tizimni yaratiş körsatib ötildi. Xususan:
- sud işlarini nazorat tartibida köriş institutini tugatiş;
- tuman sudlarining qarorlarini viloyat sudlari tomonidan, viloyat sudlarining birinçi instansiya sudi sifatida çiqargan qarorlarini esa Oliy sudning sudlov hay'atlari tomonidan apellyatsiya tartibida körib çiqiş;
- apellyatsiya tartibida körib çiqilgan sud qarorlarini Oliy sud sudlov hay'atlari tomonidan kassatsiya tartibida körib çiqiş;
- Oliy sud sudlov hay'atlari tomonidan kassatsiya tartibida körib çiqilgan işlar böyiça çiqarilgan sud qarorlarini Oliy sudi raisi, Boş prokuror va ularning örinbosarlarining protestiga köra kassatsiya tartibida körib çiqiş tartibi joriy etiladi.
– Ilğor xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni inobatga olgan holda, samarali ma'muriy odil sudlov tizimini yaratiş ham belgilangan. Xorijiy tajriba, xalqaro standartlar deganda nimalar nazarda tutilgan? Qanday özgarişlar bölişi kutilmoqda?

– Bugungi kunga qadar ma'muriy sudlarimiz ma'muriy-huquqbuzarlikka doir işlarni körib çiqayotgan edi. Endilikda, mazkur farmon bilan ma'muriy huquqbuzarlikka doir işlar jinoiy işlar böyiça sudlarga ötkaziladigan böldi.










