Hujjatga asosan, Oliy sud tuzilmasida investitsiyaviy nizolarni va raqobatga oid işlarni köriş böyiça alohida sudlov tarkibi tuziladi.

Bunga 2019 yilning özida iqtisodiy sudlar tomonidan çet el investorlari bilan boğliq 3 mingga yaqin, raqobatga oid 30 dan ortiq işlar körilgani sabab bölgan.

Sudlov tarkibiga investitsiya kiritilgan sanada yigirma million AQŞ dollari ekvivalentidan kam bölmagan miqdorda investitsiyani amalga oşirgan jismoniy yoki yuridik şaxslar (yirik investorlar) va davlat organlari örtasida yuzaga keladigan investitsiyaviy nizolar hamda raqobatga oid işlarni köriş vakolati beriladi.

Investitsiyaviy nizolar böyiça yirik investorlarning, raqobatga oid işlar böyiça taraflarning xohişiga köra, uşbu toifadagi işlar bevosita Sudlov tarkibi tomonidan birinçi instansiya sudi sifatida körilişi hamda qolgan investitsiyaviy nizolar investorlarning xohişiga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar sudi tomonidan birinçi instansiya sudi sifatida körilişi mumkin böladi.

Bugungaça, Oliy sud tarkibida:

Jinoyat işlari böyiça;
Fuqarolik işlari böyiça;
Ma'muriy işlar böyiça;
Iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay'atlari mavjud edi.

Şuningdek, tegişli tuman (şahar) aholi sonidan va sudlarning haqiqiy iş hajmidan kelib çiqqan holda Amudaryo, Nurobod, Boysun va Past Darğom tuman iqtisodiy sudlari tugatiladi.

Şuningdek, Yangiyöl, Urgut, Söx, Xatirçi va Paxtakor tumanlarida fuqarolik işlari böyiça sudlar hamda Bözatov, Taxiatoş, Bandixon va Tuproqqal'a tumanlarida jinoyat sudlari taşkil etiladi.