Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter Trampning koronavirusga qarshi dori borligi haqidagi tvitini o‘chirib tashladi
Twitter ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti Donald Trampning koronavirusga qarshi dori borligi haqidagi xabarini o‘chirib tashladi. Bu haqda NBC News telekanali xabar bermoqda.
Tramp "COVID’ga qarshi dori bor. Uyg‘on, Amerika" deb yozgandi.
Twitter ushbu xabar ijtimoiy tarmoqning "COVID-19 mavzusi bo‘yicha dezinformatsiya borasidagi siyosatiga to‘g‘ri kelmasligi"ni ma'lum qilgan.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoq AQSh prezidentining o‘g‘li kichik Donald Trampning tibbiyot ekspertlari koronavirusdan davolash uchun gidroksixloroxindan foydalanishni muhokama qilishayotgani aks etgan videoyozuv repostini ham o‘chirib tashladi.
Twitter vakili buni "odamlarni chalg‘ituvchi va koronavirus bilan bog‘liq zararli axborot tarqatilishi" deb izohladi.
Twitter may oyida ham Trampning postlaridan birini ishonchli emas deb qayd etgan va uning ostiga maxsus belgi qo‘ygandi.