Tramp saylovlarda poçta orqali ovoz beriş jarayonini keskin qoralab keladi. U tvitterda ham şu haqda yozdi:
«Byulletenlar poçta orqali tarqatilişi firibgarlikka yöl oçadi. BOŞQAÇA BÖLIŞI MUMKIN EMAS! Poçta qutilari talon-toroj qilinadi va saylov byulletenlari qalbakilaştiriladi.
Kaliforniya gubernatori millionlab byulletenlarni öng kelgan odamga tarqatmoqda. Bularning ortida ovoz berişdan oldin kimni saylayotgani haqida öylab ham körmaydigan millionlab odamlarga aql örgatadigan professionallar turadi. Bu soxta saylov böladi. Boşqaça bölişi ham mumkin emas».
Tvitter Trampning bu postini işonçli emas deb qayd etdi va uning ostiga maxsus belgi qöydi. Bu belgiga maxsus bayonotning havolasi ilova qilingandi. Unda qator OAVlarga asoslanib Trampning byulletenlarni soxtalaştiriş haqida gaplari yolğonligi keltirilgan. Bu OAVlarning aksarini Tramp doimiy tarzda «feyk» deb atab keladi. Masalan CNN`ni.
Trump makes unsubstantiated claim that mail-in ballots will lead to...Trampning saylov kampaniyasi menejyeri Bred Parkseyl (ha, Tramp sörovlarga köra Baydendan ortda qolayotganini bilgaç, sudga berişini aytgan öşa Parkseyl) tvitterning bu işiga tvitterdagi akkaunti orqali munosabat bildirdi: «Yolğonçi OAVdagi «faktçekerlar» bilan işlaşi tvitterning soxta obro‘ orttiriş uçun qiladigan taktikasi. Bu xuddi tutunli pardaga öxşaydi. Biz bir neça oy oldin tvitterdagi barça reklamamizni oldirib taşlaganmiz. Buning sabablaridan biri tvitterning tarafkaşligi».
Keyinçalik Trampning özi ham bu haqda firk bildirib, tvitterni prezidentlik saylovlariga aralaşayotganlikda aybladi: «Tvitter endi 2020 yilgi AQŞ prezidentlik saylovlariga aralaşmoqda. Ular yolğon ma'lumot tarqatadigan CNN va Amazon Washington Post`ga asoslanib ommaviy korrupsiya va firibgarlikka yöl oçadigan saylov byulletenlarini poçta orqali yuboriş haqidagi gapimni yolğonga çiqarişdi. Tvitter bu bilan söz erkinligini böğmoqda va men prezident sifatida bunga yöl qöymayman», deb yozdi Tramp tvitterdagi mikroblogida.













