Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Bashar Asadning o‘g‘li va amakivachchasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi
AQSh moliya vazirligi 29 iyulda Suriya bo‘yicha sanksiyalar ro‘yxatiga Suriya prezidenti Bashar Asadning o‘g‘li va amakivachchasini kiritdi.
Sanksiyalar ro‘yxatiga Asadning to‘ng‘ich o‘g‘li, 19 yoshli Hafiz Asad va amakivachchasi Zuhayr Tofiq Asad qo‘shilgan. Shuningdek, ro‘yxatga Zuhayr Asad qo‘mondonligi ostidagi Suriya arab armiyasi 1-tank diviziyasi kiritilgan.
Bundan tashqari, sanksiyalar suriyalik tadbirkor Vassim Anvar Al-Qattanga qarshi joriy qilingan. U nufuzli uy-joy qurilishi bilan shug‘ullanuvchi bir nechta kompaniyaga egalik qilib, bu kompaniyalar bilan poytaxt Damashqda savdo markazlari va mehmonxonalar qurish bo‘yicha bir nechta davlat shartnomasi tuzilgan. Al-Qattan va u bilan bog‘liq kompaniyalar “Suriya tuzumining nufuzli uy-joy qurilishi evaziga noqonuniy boyishiga sababchi ekanligi” uchun sanksiyalar ostiga tushgan.
“Bashar Asad va uning hamkorlari – Suriya iqtisodiyotini barbod qilish bo‘yicha sheriklardir. Ular Suriya xalqining asosiy ehtiyojlarini ta'minlash o‘rniga o‘z xalqiga qarshi urush olib borishga har oy o‘nlab million dollar sarflaydi”, deb aytilgan AQSh moliya vazirligi xabarida.
Xabarda ta'kidlanishicha, “qora ro‘yxat”ga Suriya ixtilofida o‘t ochishni to‘xtatishga qarshilik qilayotganlar va avvalroq sanksiyalar ostiga tushganlar oilalarining katta yoshli a'zolari kiritilgan.
Sanksiyalar ostiga tushgan shaxslarning AQShdagi mol-mulkiga taqiq solinib, ular davlat tasarrufiga o‘tkaziladi. Shuningdek, ushbu shaxslar bilan biror-bir bitim tuzadigan xorijiy shaxslarga xam cheklovlar qo‘llanishi mumkin.
Avvalroq AQSh “Tsezar qonuni” doirasida Suriya prezidenti Bashar Asad, uning rafiqasi Asma Asad hamda Suriya tuzumi bilan bog‘liq yana 37 nafar jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy qilgandi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026