Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli parlament saylovlari qoldirildi
Aholisi 7,5 mln kishidan ortiqroq bo‘lgan Hongkongda oxirgi sutkada 121 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Foto: Zumapress
Hongkong hukumati epidemiologik vaziyat keskin yomonlashgani sababli qonunchilik kengashiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarni qoldirdi. Bu haqda Hongkong ijroiya kengashi rahbari Kerri Lam ma'lum qildi.
Hongkong qonunchilik kengashiga saylovlar 6 sentyabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.
Lam saylovlarni ortga surish to‘g‘risidagi qaror «o‘ta murakkab» bo‘lganligini ta'kidladi.
Aholisi 7,5 mln kishidan ortiqroq bo‘lgan Hongkongda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 3273ta holat qayd etilgan, 27 kishi vafot etgan. Oxirgi sutkada 121 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Mavzuga oid
07:40 / 25.03.2026
Dunyoda eng ko‘p milliarderlar tug‘ilgan shaharlar ma’lum qilindi
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026