Meksika prezidenti korrupsiyani yo‘q qilmagunicha niqob taqmasligini aytdi
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador mamlakatdagi korrupsiya ustidan g‘alaba qozongach niqob taqishini aytdi.
U avvalroq niqobning virusdan himoyalashi ilmiy jihatdan isbotlanmaganini aytib, ushbu himoya vositasidan foydalanmasligini bildirgandi. Lopes Obrador ommaviy tadbirlar va matbuot anjumanlarida niqobsiz ishtirok etadi, ammo ijtimoiy masofaga rioya qiladi.
Obradorning so‘zlariga ko‘ra, u tartib-qoida talab qilgan joydagina, masalan samolyotda niqob taqishga rozi bo‘ladi.
"Men korrupsiya yo‘qolganidagina niqob taqaman. Kelinglar, shunga kelishib olamiz", - dedi Lopes Obrador jurnalistlarga murojaat qilib.
Avvalroq El Universal gazetasi Meksika milliy harakat partiyasi deputatlari prezidentni niqob taqishga majbur qilish uchun sudga murojaat etmoqchi ekanligini yozgandi.
Meksikada 30 iyul holatiga koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 416 179 ta holat qayd etilgan, 46 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
21:03 / 29.10.2024
Aspirant tasodifan Meksika junglilarida yo‘qolgan shaharni topdi
14:10 / 21.10.2024
Meksika HDK sakkiz tonnadan ortiq narkotikni musodara qildi
20:19 / 07.10.2024
Meksikada lavozimiga tayinlanganiga 6 kun bo‘lgan mer o‘ldirib ketildi
00:24 / 02.10.2024