O‘zbekiston | 08:46 / 05.08.2020
3295
1 daqiqa o‘qiladi

«Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritiladi

U faoliyatning ayrim turlarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat bojiga aloqador.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 6 yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli qonuniga ilova 49-band bilan to‘ldiriladi.

Unga ko‘ra:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid