Koronavirus: Toshkentda bir kunda 499 holat aniqlandi, O‘zbekistonda jami holatlar soni 28 mingga yaqin
O‘zbekistonda 5 avgust kuni 746ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 27 ming 793taga yetdi. Bugun shuningdek, 732 bemor tuzaldi, 6 bemor vafot etdi.
«Shu yilning 5 avgust kuni mamlakatimizda 746 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
Respublikaning 8 hududida koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq yangi holatlar qayd etilgan.
Tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida:
- Toshkent shahrida 499 holat;
- Toshkent viloyatida 137 holat;
- Buxoro viloyatida 39 holat;
- Qashqadaryo viloyatida 12 holat;
- Navoiy viloyatida 7 holat;
- Qashqadaryo viloyatida 21 holat;
- Surxondaryo viloyatida 19 holat;
- Andijon viloyatida 12 holat.
Tuzalganlar (+732)
Bugun respublikaning 9 hududidagi shifoxonalarda jami 732 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan tuzalganlar soni 18 ming 783 nafarga yetdi.
- Toshkent shahrida 461 nafar;
- Toshkent viloyatida 132 nafar;
- Samarqand viloyatida 39 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 22 nafar;
- Andijon viloyatida 21 nafar;
- Buxoro viloyatida 20 nafar;
- Namangan viloyatida 17 nafar;
- Navoiy viloyatida 14 nafar;
- Xorazm viloyatida 6 nafar.
O‘lim holatlari (+6)
Bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. O‘zbekistonda rasmiy statistikada qayd etilgan koronavirus qurbonlari soni 171taga yetdi.
- Birinchi o‘lim. Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 70 yoshli A.M. (erkak) vafot etdi;
- Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashagan 51 yoshli A.L. (erkak vafot etdi;
- Uchinchi o‘lim. Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan 38 yoshli S.M. (erkak) vafot etdi;
- To‘rtinchi o‘lim. Toshken shahri Uchtepa tumanida yashagan 77 yoshli X.S. (erkak) vafot etdi;
- Beshinchi o‘lim. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashagan 67 yoshli X.K. (erkak) vafot etdi;
- Oltinchi o‘lim. Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashagan 61 yoshli T.B. (erkak) vafot etdi.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 839 nafar bemordan 799 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023