Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda bir kunda 2ta YTH sodir bo‘ldi, 2 kishi halok bo‘ldi
Olti yoshli bola va haydovchi hayotdan ko‘z yumdi.
Shu yil 3 avgust kuni soat 17:50larda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Yangihayot MFY ichki yo‘lida “Trekker” rusumli avtomashinani boshqarib borayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan olti yoshli piyodani urib yuborgan.
Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Xuddi shu kuni soat 21:30larda Pop tumani Tepaqo‘rg‘on mahallasi hududida M-412 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Natijada, “Neksiya” haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
“Avtohalokat sabab vafot etgan marhumlarning oila a'zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Harakat ishtirokchilariga esa yo‘llarda belgilangan qonun-qoidalarni hurmat qilishlarini so‘rab qolamiz. Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
18:16 / 27.02.2026
10-sinf o‘quvchisi Toshkentdagi poyga vaqtida BMW’da urib ketgan YPX xodimi vafot etdi
12:20 / 27.02.2026
YPXdan qochgan BMW'lar ishi: prokuratura sud qaroriga protest kiritdi
10:50 / 27.02.2026
«Atigi o‘nta minimalka» haqida maqtangan qoidabuzar ham uzr so‘radi
10:35 / 27.02.2026