Karantin joriy etmagan Shvetsiya iqtisodiyotida 40 yil ichidagi eng katta pasayish qayd etildi
Rekord darajadagi pasayish haqida gap ketayotgan bo‘lsa-da, u Yevropaning boshqa davlatlaridagichalik emas, deya qayd etmoqda Bloomberg.
Shvetsiya YaIM joriy yilning ikkinchi choragida birinchi chorakdagiga nisbatan 8,6 foizga pasaydi. Bu haqda mamlakat statistika boshqarmasi ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, bu 1980 yildan buyon YaIMning choraklik pasayishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Rekord darajadagi pasayish haqida gap ketayotgan bo‘lsa-da, u Yevropaning boshqa davlatlaridagichalik emas, deya qayd etmoqda Bloomberg: Ispaniya, Fransiya va Italiyada pasayish ikki xonali sonlarni tashkil etadi, hattoki Germaniyada ham YaIM 10 foizga pasaygan.
Shvetsiya Yevropadagi boshqa davlatlaridagi kabi karantin cheklovlari joriy etmagan bo‘lishiga qaramay, iqtisodiyotning keskin pasayib ketishidan qocha olmadi.
Shvetsiya iqtisodiyotining keskin pasayishi mamlakat koronavirusdan sug‘urtalanmaganligini ko‘rsatadi, deydi Yevropa mamlakatlari bo‘yicha katta iqtisodchi Devid Oksli.
Shvetsiyaning muammolaridan biri ishsizlikning keskin oshishiga sabab bo‘lgan eksport talabining pasayishidir, deb yozadi Bloomberg.
Nordea iqtisodchisi Torborn Isakssonning so‘zlariga ko‘ra, «mamlakatlarning koronavirusga qarshi kurash strategiyasi iqtisodiyotga qanchalik ta'sir ko‘rsatganini baholashga hali juda erta».
Swedbank katta iqtisodchisi Pernilla Yoxansson Shvetsiya iqtisodiy faolligining inqirozgacha bo‘lgan davrdagi darajaga qaytishiga ancha vaqt kerak bo‘lishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, koronavirus sababli qat'iy karantin joriy etmadi, restoranlar, do‘konlar va maktablar yopilmadi.
Shvetsiyaning bosh epidemiologi, koronavirusga qarshi kurashning milliy strategiyasi muallifi Anders Tegnell butun dunyoda joriy etilgan karantin choralarini telbalik deb atagan.
Mavzuga oid
17:42 / 14.11.2024
Markaziy Osiyo tabiiy ofatlar tufayli yalpi ichki mahsulotining 6 foizini yo‘qotishi xavfi bor
11:54 / 14.11.2024
«Donolar kengashi» GFRning 2024 va 2025 yillar uchun YaIM prognozini pasaytirdi
22:40 / 05.11.2024
Mudofaa «yashil energetika»ga qarshi: Shvetsiya 13 ta shamol generatori qurilishiga ruxsat bermadi
21:59 / 02.11.2024